Самарқанд вилояти Оқдарё тумани
Мактабгача таълим бўлими

"Eng ifodali o’qilgan she’r" ko’rik-tanlovi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida  tarbiyalanuvchi  bolalarni  har tomonlama, intellektual  axloqiy,  estetik va jismoniy  jihatdan  barkamol etib tarbiyalash, bolalardagi iste’dod qirralarini ochish, rivojlantirish hamda  maktab ta’limiga  sifatli  tayyorlashlarini ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18-iyundagi  1-mh -sonli  “O’zbekiston Respublikasining  ilk va maktabgacha ta’lim  yoshidagi  bolalar rivojlanishiga  qo’yiladigan  Davlat  talablarini tasdiqlash to’g’risida”gi   buyrug’i  ijrosini  bosqichma-bosqich  ta’minlash maqsadida  2021 yil 29-aprel kuni Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi 5-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida  diyorimizdan  yetishib chiqqan  buyuk  alloma,  adib va mutafakkirlarimizning  boy ma’naviy me’rosini, madaniyat, dunyoviy va diniy  ilm-fan  taraqqiyotiga  ulkan hissa  qo’shgan  ulug’ ajdodlarimizning noyob asarlarini  asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga  bezavol yetkazish, ularning   nodir merosini, ibratli hayoti va  ijodini har tomonlama chuqur o’rganish va targ’ib  etish,  yoshlarimizni   o’zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga  hurmat   ruhida  tarbiyalash,  ular o’rtasida kitobxonlik  madaniyatini targ’ib  qilish bo’yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o’rtasida  "Eng  ifodali o’qilgan she’r"  ko’rik-tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.  Ko’rik-tanlovda  4 ta hududdan g’olib  chiqqan   22 nafar  tarbiyalanuvchilar   2 ta  shart  bo’yicha  bellashdilar.  

        Bolajonlar  hakamlar  hay’ati   tomonidan  vatanimiz tarixi,  milliy va umuminsoniy  qadriyatlar,   diyorimizdan  yetishib chiqqan  buyuk  alloma,  adib va mutafakkirlarimiz  hayoti va ijodi to’g’risidagi   savollarga javob berishdi.  Ishtirokchi  bolajonlar  tomonidan  ifodali  o’qilgan she’rlar tinglandi va g’oliblar aniqlandi.  4-5 yoshgacha  bo’lgan  guruhlardan 13-maktabgacha ta’lim tashkiloti “O’rta” guruh  tarbiyalanuvchisi  Alamxonov Temurxon, 5-6 yoshgacha bo’lgan   guruhlardan 34-maktabgacha ta’lim  tashkiloti  “Katta”  guruh   tarbiyalanuvchisi    Elmurodova    Irodaxon  va  21-maktabgacha ta’lim tashkiloti “Katta” guruh tarbiyalanuvchisi  Erkinov  Mashhurbek,  6-7- yoshgacha  bo’lgan   guruhlardan  5-maktabgacha ta’lim tashkiloti “Tayyorlov” guruh  tarbiyalanuvchisi   Ibodullayev  Jasurbek va  21-maktabgacha ta’lim tashkiloti   tarbiyalanuvchisi  Hoshimxonova Zebolar  faxrli  1-o’rinni egallashdi. 

       G’olib ishtirokchilar  tuman maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri B.Asrorova tomonidan  faxriy  yorliqlar va sovg’alar  bilan  taqdirlanishdi.  Korik-tanlov  barchada  katta  taassurot  qoldirdi.


Охирги ўзгариш вақти: 30/04/2021 13:30;   Кўрилганлиги: 24
 
Материал манзили: http://oqdaryomtb.uz/news/oqdaryo-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-mudiri-basrorova-tomonidan-oqdaryo-pedagogika-kollejida-tashkil-etilgan-maktab-talimiga-bepul-bir-yillik-tayyorlov-guruhlari-faoliyati-organildi
Чоп этилган вақт: 19/05/2021 06:25