Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

“Ilk qadam” dasturi asosida rivojlantirish markazlari bo‘yicha yig‘ilish

Samarqand viloyati Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchuch “Ilk qadam” dasturi asosida rivojlantirish markazlari bo‘yicha 14-sonli musiqa va sa'nat maktabida o‘tkazilgan seminar trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar treningda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri, bo‘lim xodimi L.Shakarova va B.Fozilov 11-Maktabgacha ta'lim tashkiloti mudirasi K.Adilova va tumandagi aktabgacha ta'lim tashkilotining 60 nafar pedagog xodimlari ishtirok etishdi. 

Semenar treningda 11-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti mudirasi tomonidan maktabgacha ta'lim soxasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida beshta rivojlantiruvchi markazlar to‘g‘risida pedagoglarga tushunchalar berildi. Rivojlantiruvchi markazlarni boyitilishi to‘ldirilishi va undan bolajonlarimiz to‘laqonli foydalanish uchun to‘liq shart sharoitlar yaratilishi to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Seminar ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi. Seminar mazmunli va qiziqarli bo‘lib o‘tdi.

Kiritilgan vaqti: 17/08/2019 11:11;   Ko‘rilganligi: 486
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/ilk-qadam-dasturi-asosida-rivojlantirish-markazlari-boyicha-yigilish
Chop etilgan vaqti: 19/05/2021 05:13