Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

10-MTT mudirasining hisoboti tinglandi

Bugun 1-sektor hududidagi 10-sonli maktabgacha ta'lim  tashkilotida 1-sektor rahbari tuman hokimi N.Sulaymonov, hokim o‘rinbosari S.Luqmonov  va maktabgacha  ta'lim  bo‘limi  mudiri B.Asrorovalar  ota-onalar  va mahalla fuqarolari bilan uchrashdilar

Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni dastlabki ta'lim-tarbiyasini rivojlantirish, jamoada tarbiyachilar o‘rtasida  sog‘lom raqobatni kuchaytirish va oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlashda vijdonan yondashish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan maktabgacha ta'lim tashkiloti  direktori V.Xudoyberdiyevaning  hisoboti tinglandi, ota-onalar  tomonidan berilgan savollarga  to‘liq javob berildi.      

         Sektor  rahbari  tomonidan  yuzaga kelgan muammolar,  ularni  hal etish choralari  yuzasidan tashkilot rahbarlariga  vazifalar taqsimlab  berildi hamda   kelgusidagi rejalar belgilab olindi.


Kiritilgan vaqti: 07/05/2021 07:18;   Ko‘rilganligi: 38
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/10-mtt-mudirasining-hisoboti-tinglandi
Chop etilgan vaqti: 19/06/2021 09:31