Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

19-avgust kuni 5-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida "Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

    Tadbirda Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari, Navro‘z mahallasi  raisi, Xotin qizlar qo‘mitasi raisi va MFY faollari,    keng jamoatchilik  vakillari   va  bolajonlarning  ota  onalari ishtirok etdilar.

 Ochiq eshiklar kuni tadbiri qatnashchilari 5-sonli Maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan guruhlardagi ta'lim tarbiya jarayoni,rivojlantiruvchi markazlar faoliyati,chet tili tugaraklari faoliyati,bolalarning sog‘lom ovqatlantirilishi axvoli ,tibbiyot hamshirasi ish faoliyati ,MTM da bolalarning o‘z vaqtida o‘ynashlari va ko‘ngilli dam olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

  Tadbir ishtirokchilariga katta tayyorlov guruhi bolalari ishtirokida tayyorlangan “Xayr bog‘cham”tadbirini namoyish etildi.

   Tadbir so‘ngida ota-onalar va mahalla faollari 5-MTM faoliyati haqida iliq fikrlar bildirishdi va farzandlari tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan jonkuyar tarbiyachi va pedagoglarga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.

Kiritilgan vaqti: 20/08/2019 07:36;   Ko‘rilganligi: 527
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/19-avgust-kuni-5-sonli-maktabgacha-talim-tashkilotida-ochiq-eshiklar-kuni-tadbiri-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 14/05/2021 23:26