Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2019 yil 21 avgust kuni “Ochiq eshiklar kuni“ loyihasi o‘tkazildi. Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tassarufidagi 25-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida Samarqand viloyati hokimi tomonidan 2019 yil 8 avgustda o‘tkazilgan videoselektrda berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

                                           2019 yil 21 avgust kuni “Ochiq eshiklar kuni“ loyihasi o‘tkazildi.
Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tassarufidagi 25-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida Samarqand viloyati hokimi tomonidan 2019 yil 8 avgustda o‘tkazilgan videoselektrda berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

                                                      2019 yil 21 avgust kuni “Ochiq eshiklar kuni“ loyihasi o‘tkazildi.
Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tassarufidagi 25-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida Samarqand viloyati hokimi tomonidan 2019 yil 8 avgustda o‘tkazilgan videoselektrda berilgan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari, 25-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchi bolalarning ota-onalari, mahalla raisi A. Axmedov va mahalla faollari, qishloq oqsoqollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilari har bir guruh xonalariga kirib bolalarga “Ilk qadam davlat dasturi “ asosida berilayotgan ta'lim-tarbiya jarayonlari, guruhlarda davlat talablari asosida tashkil etilgan rivojlantiruvchi markazlar, bolalarning yotoqxonalarida yaratilgan sharoitlar, maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni sog‘lom ovqatlantirishning tashkil etilishi, oziq-ovqat maxsulotlarining saqlanishi bilan atroflicha tanishib o‘tishdi. Bolalar uchun yaratilgan sharoitlar ota-onalarga manzur bo‘ldi. Tadbirning ikkinchi bosqichida barcha maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan mustaqilligimizning 28 yillik bayrami munosabati bilan “Jonajon O‘zbekiston mangu bo‘l omon” shiori ostida bayram tadbirini namoyish etildi. Tadbirda qatnashgan ota-onalar va jamoatchilik vakillari davlatimiz rahbarining kelajagimiz poydevorlari bo‘lmish farzandlarimizning har tomonlama barkamol bo‘lib o‘sishlari, kelajagi porloq, ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratib berayotgan shart-sharoitlari uchun cheksiz minnatdor ekanliklarini ta'kidlab o‘tishdi va 25-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachi va pedagog xodimlariga ham o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Xuddi shu kuni loyiha tadbiri tuman bo‘limi tassarufidagi 6-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida ham keng jamoatchili asosida “Ochiq eshiklar kuni” loyihasi o‘tkazildi. Loyiha doirasida sektor rahbarlari, MTB xodimlari, keng jamoatchilik va ota-onalar MTTlarga tashrif buyurdilar, loyiha bayramona tarzda kutarinki ruxda o‘tkazildi. Ushbu loyihada MTTda o‘tilayotgan mashg‘ulotlar, oziq-ovqatlar tarkibi va sifati, tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar tashrif buyurgan mehmonlar hamda ota-onalar tomonidan munosib fikrlar bildirdi. Ushbu tashkilot tomonidan tashkil etilgan loyihaviy bayramda tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlagan “Ochiq mashg‘ulotlar”, albatta yaqinda nishonlanadigan mustaqilligimiz bayrami munosabati bilan jajji kelajagimiz farzandlari tomonidan “Jonajon O‘zbekiston mangu bo‘l omon” shiori ostida bayram dasturlari namoyish etildi. Vatanni sevmoq ostonadan boshlanganidek, bugungi kunda bolajonlarimiz tarbiyachilarimiz tomonidan tashkilotda vatanimizni madx etuvchi kuy va qo‘shiqlar o‘rgatayotganligini aytib o‘tishimiz lozim. Bayram davomida bizning jajji qo‘riqchilarimiz tomonidan “Men Vatanimga xizmat qilaman” mavzusida qo‘shiqlar aytishi mehmonlarni manzur etdi. “Ochiq eshiklar kuni” loyixa bayram dasturiga tashrif buyurganlarda katta ta'surot qoldirdi.


Oxirgi o‘zgarish: 23/08/2019 15:48;   Ko‘rilganligi: 338
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/2019-yil-21-avgust-kuni-ochiq-eshiklar-kuni-loyihasi-otkazildi-oqdaryo-tumani-maktabgacha-talim-bolimi-tassarufidagi-25-sonli-maktabgacha-talim-tashkilotida-samarqand-viloyati-hokimi-tomonidan-2019-yil-8-avgustda-otkazilgan-videoselektrda-berilgan-topshir
Chop etilgan vaqti: 18/05/2021 11:50