Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

2019 yil 9 – oktyabr kuni Oqdaryo tumani Yangiobod MFY da “HAPPY CHILDREN” nomli yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ish faoliyatini boshladi.

Ochilish marosimida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari, mahallaning faol oqsoqollari va onaxonlar ishtirok etishdi. Tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri qishloq aholisini, bolajonlarni, barcha tadbir ishtirokchilarini ushbu nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ish faoliyatini boshlaganligi munosabati bilan tabrikladi. Bolajonlar tomonidan rus tili va ingliz tilida ijro etgan sher va qo‘shiqlari barchaga xursandchilik bag‘ishladi. Yangiobod MFY hududida yashovchi 25 nafar bolajonlar ta'lim tarbiya olishlari uchun qamrab olindi va 2 nafar xotin qizlar ish bilan ta'minlandi. Mazkur ta'lim muassasasida bolalarning ta'lim-tarbiya olishlari, uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib mahalla ahli hamda bolajonlar vatanimiz kelajagi bo‘lmish farzandlarimizning barkamol avlod bo‘lib sifatli ta'lim tarbiya olishiga etibor qaratayotgan muhtaram Prezidentimizga minnatdorliklarini bildirishdi.

Kiritilgan vaqti: 09/10/2019 15:51;   Ko‘rilganligi: 330
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/2019-yil-9-oktyabr-kuni-oqdaryo-tumani-yangiobod-mfy-da-happy-children-nomli-yana-bir-nodavlat-maktabgacha-talim-tashkiloti-ish-faoliyatini-boshladi
Chop etilgan vaqti: 30/07/2021 01:03