Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

BAYRAM BARCHAMIZGA MUBORAK BO‘LSIN

Muhtaram  yurtdoshlar!

 Qadrli hamkasblar!

       Sizlarni, barcha mo‘min-musulmonlarni, butun xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik  va sahovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

       Bu qutlug‘ bayramda hammamiz avvalo shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Olloh taologa cheksiz shukronalar aytamiz. 

     El-yurtimizning shu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin!

     Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayzu baraka bardavom bo‘lsin!

Ezgu ishlarimiz, intilishlarimizda Yaratganning úzi madadkor bo‘lsin!  Muqaddas kunlarda niyat qilaylikki, farzandlarimiz va shogirdlarimiz kamolidan mudom yuzimiz yorug‘, qaddimiz baland bo‘lsin!  Yosh avlodni chinakam insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, hayotda to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish kabi ezgu ishlarimizning mudom rivojini va xayrli natijalarini bersin!

  BAYRAM  BARCHAMIZGA MUBORAK BO‘LSIN

  Hurmat va ehtirom bilan                           

 Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri

 Asrorova Baxtigul Abrorovna


Kiritilgan vaqti: 12/05/2021 16:20;   Ko‘rilganligi: 33
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/bayram-barchamizga-muborak-bolsin
Chop etilgan vaqti: 19/06/2021 10:12