Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

BAYRAMINGIZ BILAN TABRIKLAYMIZ!

Muhtaram  yurtboshimiz  2017 yil 30 iyun kuni respublika "Kamolot" qurultoyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun – 30 iyun sanasini mamlakatimizda Yoshlar kuni deb e'lon qildi. Shundan buyon 30 iyun kuni yurtimizda "Yoshlar kuni" sifatida nishonlab kelinmoqda.

         Aziz yoshlar ! biz  sizlarni  Vatanimizning, jamiyatimizning hal qiluvchi kuchi deb bilamiz.  Siz O‘zbekistonimizning yorug‘ va farovon istiqbolini bunyod etishdek mas'uliyatli  vazifalarni  hal  etishga  qodirsiz.

Sizlarning har biringizga el-yurtimiz faxrlanadigan, jonajon O‘zbekistonimizning munosib, ma'nan sog‘lom farzandi, haqiqiy inson bo‘lish baxti nasib etishini hamda kuch-g‘ayrat va shijoat hech qachon tark etmasligini tilaymiz.           

       Hamisha xalqimizning yuksak ishonchiga munosib bo‘ling!  Biz sizlarga ishonamiz! 

O‘zbekistonning buyuk kelajagini barpo etishga mahkam bel bog‘lagan, Siz aziz yoshlarni “ Yoshlar kuni “ bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, shaxsiy va ijtimoiy hayotingizda yangi yutuq va omadlar tilaymiz.

                           Hurmat bilan

       Asrorova Baxtigul Abrorovna                                             

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi   mudiri.


Kiritilgan vaqti: 30/06/2021 10:07;   Ko‘rilganligi: 90
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/bayramingiz-bilan-tabriklaymiz
Chop etilgan vaqti: 25/01/2022 00:23