Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bog‘cha mudiralari xalqni oldida hisobot bermoqda

Endilikda barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni dastlabki ta'lim-tarbiyasini rivojlantirish, jamoada tarbiyachilar o‘rtasida  sog‘lom raqobatni kuchaytirish va bolalarning oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlashda vijdonan yondashish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasida qasamyod qilib, xalqni oldida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berib borishlari belgilandi.

Shu munosabat bilan, bugun 4-sektor hududiga qarashli 4-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mas'ul xodimlari, ota-onalar ishtirokida yuqoridagi vazifalar yuzasidan bog‘cha mudirasining hisoboti tinglandi hamda kelgusidagi rejalar belgilandi. Shuningdek, tadbirda ota-onalar o‘zlarini o‘ylantirgan masalalar bilan mas'ullarga murojaat qilishdi.


Kiritilgan vaqti: 04/05/2021 13:42;   Ko‘rilganligi: 12
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/bogcha-mudiralari-xalqni-oldida-hisobot-bermoqda
Chop etilgan vaqti: 19/05/2021 06:20