Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

G‘azal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy

Joriy  yilning 8- fevral kuni  Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 20-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida  bobokalonimiz  Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga  bag‘ishlangan   “G‘azal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy”  mavzusida  tadbir o‘tkazildi. 

Joriy  yilning 8- fevral kuni  Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 20-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida  bobokalonimiz  Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga  bag‘ishlangan   “G‘azal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy”  mavzusida  tadbir o‘tkazildi.  Tadbirga  tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, mahalla faollari tarbiyalanuvchilarning ota-onalari tashrif buyurishdi. Tadbirda tashkil etilgan ko‘rgazmalar, tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar tomonidan  ijro etilgan sahna ko‘rinishlari, qo‘shiqlar, raqslar va   bobomiz qalamiga mansub g‘azallar barchaga manzur bo‘lib tadbir barchada  katta taassurot  qoldirdi.


Kiritilgan vaqti: 09/02/2021 06:59;   Ko‘rilganligi: 116
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/gazal-mulkining-sultoni-mir-alisher-navoiy
Chop etilgan vaqti: 30/07/2021 00:29