Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

“Ilk qadam” davlat dasturi hamda davlat talablari asosida “Besh muhim sohada bolalalarni har tomonlama rivojlantirish yo‘llari” mavzusida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 32-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida “Ilk qadam” davlat dasturi hamda davlat talablari asosida “Besh muhim sohada bolalalarni har tomonlama rivojlantirish yo‘llari” mavzusida navbatdagi o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda bo‘lim mudiri B.Asrorova, bo‘lim xodimlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari hamda tarbiyachilari ishtirok etishdi. Seminarda tarbiyachilarning mashg‘ulotlari kuzatildi, me'yoriy hujjatlari, tarbiyalanuvchilarning 5 muhim soha bo‘yicha faoliyatlari o‘rganildi. Faollik markazlarining jihozlanishi, tarbiyachilar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnatlari, ko‘rgazmalar namoyish etildi, ta'lim –tarbiya sifatini ko‘tarish, bolalar bilan ishlash, tarbiyachining muomala madaniyati, mashg‘ulotlarda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, yangiliklar yaratish metodlari xususida bo‘lim mudiri B.Asrorova o‘z fikr va takliflarini berdi.


Kiritilgan vaqti: 28/05/2021 09:37;   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/ilk-qadam-davlat-dasturi-hamda-davlat-talablari-asosida-besh-muhim-sohada-bolalalarni-har-tomonlama-rivojlantirish-yollari-mavzusida-navbatdagi-oquv-amaliy-seminar-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 19/06/2021 09:44