Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Iste'dodli bolajon

2021 yil  6-iyul  kuni  10-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida   maktabgacha ta'lim  tashkilotlari tarbiyalanuvchilari  o‘rtasida  "Iste'dodli bolajon"  ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi  bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlov  maktabgacha yoshdagi bolalar  o‘rtasida  mustaqil fikrlash ko‘nikmasini oshirish, kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish, ularni bilim olishga, san'atga bo‘lgan qiziqishlarini  hamda  iste'dodini  aniqlash va rivojlantirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining  ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni  yangi tizim  asosida  yo‘lga  qo‘yish maqsadida  5 ta  muhim  tashabbuslari  ijrosini ta'minlashga qaratildi. Tanlovda  o‘z iqtidorlarini namoyon qilgan 10- sonli  maktabgacha ta'lim tashkilotining tarbiyalanuvchilaridan  tashkil topgan “Eng  yaxshi qo‘shiq  kuylovchi  guruh”,  5-sonli maktabgacha t'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Ibodullayev Jasur “Eng  yaxshi yakkaxon  jajji qo‘shiqchi” nominatsiyalarida hakamlar tomonidan g‘olib deb topildi va tuman bosqichiga qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.  G‘oliblar  maqtov  yorliqlari va  estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.


Kiritilgan vaqti: 06/07/2021 15:56;   Ko‘rilganligi: 84
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/istedodli-bolajon
Chop etilgan vaqti: 25/01/2022 01:49