Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Kaskad usulida o'quv amaliy semenar tashkil etildi

O'zbekiston  Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2021 yil 18- maydagi  " Maktabgacha ta'lim tashkilotlari  pedagoglarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga yo'naltirilgan  kaskad usulida seminar  treninglar tashkil etish  to'g'risida"gi  88-sonli buyrug'i  ijrosini  ta'minlash maqsadida tajribali, yuqori malakali mutaxassislar  tomonidan  Oqdaryo pedagogika kollejida Oqdaryo, Payariq, Paxtachi, Kattaqòrğon, Narpay, Qòshrabot tumanlarining Ta'lim-tarbiya sifatini ta'minlash va metodik xizmatni tashkil etish shu'ba mudirlari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tajribali metodistlari  ishtirokida o'quv amaliy semenar tashkil etildi.

Kaskad usulida tashkil etilgan o'quv amaliy semenarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga, ta'lim tarbiyaning samarali tashkiliy va pedagogik shakllari, òqitishning zamonaviy ilg'or usullarini, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalarini ta'limiy-tarbiyaviy jarayonga joriy etish natijalari  haqida tumanlararo  o'zaro fikr va tajriba  almashinildi. Seminar ishtirokchilari  tomonidan ta'lim-tarbiya jarayonida duch kelayotgan muammolar to'g'risidagi savollarga trenerlar tomonidan asosli, amaliy tarzda javob berildi.  Ishtirokchilar amaliy jarayonlarda bevosita ishtirok etishdi.


Kiritilgan vaqti: 07/06/2021 05:57;   Ko‘rilganligi: 24
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/kaskad-usulida-oquv-amaliy-semenar-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 19/06/2021 09:47