Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

MAKTABGACHA TA'LIM SOHASIDA TARBIYALANUVCHILARGA SIFATLI TA'LIM-TARBIYA BERISH UCHUN QULAY SHART-SHAROITLAR YARATILMOQDA

2017-2021 yillarda Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi dasturga asosan maktabgacha ta'lim tashkilotlari  faoliyatini tizimli tashkillashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash borasida tuman  maktabgacha ta'lim tashkilotlarida  ham ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi.

         Jumladan:  tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 3,13,21,25,26,27-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlari davlatimiz tomonidan joriy ta'mirlandi. Juda qisqa vaqt ikki yil davomida 5,7,10,11,16,18,28,30,32,36- sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlari “Obod qishloq dasturi” va “Investitsiya dastur”lari bo‘yicha ayrimlari rekonstruksiya qilingan bo‘lsa, ayrimlari mukammal ta'mirlandi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qisqa fursat ichida moddiy texnika ba'zalari yaxshilandi. Tarbiyachi pedagoglar didaktik o‘quv materiallari bilan ta'minlandi.

  2020 yilda ham 24,34-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlari investitsiya dasturi asosida ta'mirlanishi rejalashtirilib, 2021 yil faoliyatini olib bormoqda. Turon mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Arpa  qishlog‘ida 75 o‘rinli davlat maktabgacha tashkiloti ish faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2021 yil sentyabr oyida  So‘g‘onchi qishlog‘ida  joylashgan 150 o‘ringa mo‘ljallangan  14-sonli  davlat  maktabgacha  ta'lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshlaydi.

         Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi  1-3-4-5-6-8-11-13-14-19-27-30-36-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlari tabiiy gaz bilan ta'minlan.

   16 ta (7, 9,10, 12,16, 18, 20, 21, 22, 24, 25, 26, 28, 32, 34) ta'lim tashkilotlari ko‘mir yoqilg‘isi bilan isitiladi. Tashkilot binolarining elektr tizimlari tartibga solinib, barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlariga tejamkor lampochkalar o‘rnatilgan.

  Maktabgacha ta'lim tashkilotlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash  bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tegishli ishlar amalga oshirildi. Joylardagi  sharoitdan  kelib  chiqib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha zarur  qo‘shimcha  choralar belgilangan.

      Barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari hududida  tozalash va obodonlashtirish  ishlari muntazam amalga oshirib kelinmoqda.


Kiritilgan vaqti: 07/07/2021 13:41;   Ko‘rilganligi: 89
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/maktabgacha-talim-sohasida-tarbiyalanuvchilarga-sifatli-talim-tarbiya-berish-uchun-qulay-shart-sharoitlar-yaratilmoqda
Chop etilgan vaqti: 25/01/2022 01:46