Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Maktabgacha talim tashkilotlari sektor rahbarlarini nazoratida

Endilikda barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni dastlabki ta'lim-tarbiyasini rivojlantirish, jamoada tarbiyachilar o‘rtasida  sog‘lom raqobatni kuchaytirish va bolalarning oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlashda vijdonan yondashish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan qasamyod qilib, xalqni oldida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berib borishlari belgilandi.

Shu munosabat bilan, bugun 4-sektor hududiga qarashli 16-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tuman 4- sektor rahbari J. Yadgarov, hokim o‘rinbosari  S. Lukmonov, maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova  va mas'ul xodimlari, ota-onalar ishtirokida Maktabgacha talim tashkilotlari rahbarining hisoboti tinglandi. Yuqoridagi vazifalar yuzasidan sektor rahbari va hokim o‘rinbosarining taklif va tavsiyalari tinglandi, hamda kelgusidagi rejalar belgilandi. Shuningdek, tadbirda ota-onalar o‘zlarini o‘ylantirgan masalalar bilan mas'ullarga murojaat qilishdi.


Kiritilgan vaqti: 04/05/2021 14:12;   Ko‘rilganligi: 18
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/maktabgacha-talim-tashkilotlari-sektor-rahbarlarini-nazoratida
Chop etilgan vaqti: 19/05/2021 05:20