Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARI O‘RTASIDA “YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI” KASBIY - KO‘RIK TANLOVI O‘TKAZILDI

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi  maktabgacha ta'lim tashkilotlari  o‘rta maxsus ma'lumotli tarbiyachilari o‘rtasida  2021 yil  1-iyul kuni  “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bochqichda  1-sektorda joylashgan  4, 7, 10, 13, 24, 32 – sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlarining  tarbiyachilari     10-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida  5 ta shart bo‘yicha bellashdilar.

Tanlov maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga, ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga, innovatsion ta'lim texnologiyalarni ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etishga qaratildi. Hakamlar hay'ati tomonidan barcha  shartlarda pedagogik  mahoratini namoyish qilgan 7-sonli  maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi  Sulaymonova  Durdona  g‘olib  deb topildi. Tanlov ishtirokchilari maktabgacha ta'lim bo‘limining  faxriy  yorliqlari bilan takdirlandi.


Kiritilgan vaqti: 02/07/2021 08:14;   Ko‘rilganligi: 95
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/maktabgacha-talim-tashkilotlari-tarbiyachilari-ortasida-yilning-eng-yaxshi-tarbiyachisi-kasbiy-korik-tanlovi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 25/01/2022 01:06