Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Navro‘z — go‘zallik bayrami

Navro‘z bayrami butun yurtimizda keng nishonlanishi boqiy an'anaga aylanib qoldi. Go‘yo shu lahzalarda Navro‘z aynan barkamol avlodni ma'nan kamolga yetkazuvchi  bayramga aylangandek.

Navro‘z bayrami butun yurtimizda keng nishonlanishi boqiy an'anaga aylanib qoldi. Go‘yo shu lahzalarda Navro‘z aynan barkamol avlodni ma'nan kamolga yetkazuvchi  bayramga aylangandek. Tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 25-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida “KEL  NAVRO‘ZIM!” nomli ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, bo‘lim xodimlari, barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va tarbiyachilari hamda mahalla nuroniylari, ota-onalar taklif etildi. Bayram tadbirida maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari milliy an'analarimiz va urf odatlarimizdan bo‘lgan bahorni ilk taomi  "Sumalak"  tayyorlanib barchaga ulashildi. Tadbirda bolajonlarimiz tomonidan ijro etilgan   qo‘shiqlar va raqslar barchani mamnun etdi. Tadbir barchaga  manzur bo‘ldi.


Kiritilgan vaqti: 16/03/2021 13:16;   Ko‘rilganligi: 30
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/navroz-gozallik-bayrami
Chop etilgan vaqti: 13/04/2021 04:31