Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

"Ochiq eshiklar kuni " oyligi davomida 30 sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida

Oqdaryo tumanida mustaqilligimizning yigirma sakkiz yilligi arafasida 
"Ochiq eshiklar kuni " oyligi davomida 30 sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun rivojlantirish markazlarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. 

Seminarga oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotidan 30 nafar tarbiyachilar ishtirok etishdi.
Seminarda 30-MTT tarbiyachilari tomonidan rag‘batlantirish markazlarini tashkil etish, uning maqsad vazifalari va 5 ta markazlar to‘g‘risida to‘liq ma'lumotlar berildi.
Tushuntirish jarayonida tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bundan tashqari tarbiyachilar maktabgacha ta'lim vazirining 2018 yil 15-avgustdagi 183-sonli (maktabgacha ta'lim muassasalarida yuritiladigan ish xujjatlari to‘g‘risida)gi buyrug‘i bilan tanishtirildi va meyoriy xujjatlari o‘rganildi.

Kiritilgan vaqti: 20/08/2019 13:04;   Ko‘rilganligi: 448
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/ochiq-eshiklar-kuni-oyligi-davomida-30-sonli-maktabgacha-talim-tashkilotida
Chop etilgan vaqti: 18/05/2021 11:49