Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Okdaryo tumani maktabgacha talim bulimida, tarbiyachilar úrtasida "Ijodiy kurgazmalar" kúrik tanlovi útkazildi.

2019- yil 22-may kuni Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi   tasarrufidagi 4-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida “Tarbiyachilarning ijodiy ishlaridan namunalar“ ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

2019- yil 22-may kuni Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi   tasarrufidagi 4-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida “Tarbiyachilarning ijodiy ishlaridan namunalar“ ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Tadbirni   bo‘lim mudiri   B. Asrorova ochib berdi.

     Tadbir jarayonida 26 nafar maktabgacha ta'lim muassasasi mudiralari va tarbiyachilari ishtirok etdi. Muassasalar orasida tanlov uchun faol tayyorgarlik ko‘rgan   30, 34, 22, va 4- sonli maktabgacha ta'lim muassasalari alohida ajralib turdi. Tarbiyachilar   tanlov uchun qo‘l mehnatidan foydalangan ko‘rgazmalar bilan ishtirok etdi. Maktabgacha ta'lim muassasalarining tarbiyachilari   va boshqa yordamchi tarbiyachilar bilan yasagan   ko‘rgazmalari chiroyli, qiziqarli, tarbiyalanuvchilarga mos.   Ulardan   ilk qadam dasturidagi beshta asosiy   markaz asosida   foydalanish mumkin.

     Hay'at   a'zolari har bir maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachilarining ijodiy ishlari bilan tanishib, tarbiyachilar tomonidan   tayyorlab kelingan ta'limiy, tarbiyaviy,   rivojlantiruvchi va didaktik   ko‘rgazmalar, qo‘l mehnati va applikatsiya ishlari   va maketlardan   mashg‘ulotlar jarayonida qanday foydalanishini haqida so‘radi.   Tarbiyachilar   tayyorlagan ijodiy ishlarini   mazmunan yoritib berdilar.

   Tadbir so‘ngida bo‘lim mudiri B. Asrorova tomonidan faxrli   o‘rinni olgan   Maktabgacha ta'lim muassasalari   tarbiyachilari   Faxriy yorliq va   esdalik   sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Kiritilgan vaqti: 28/05/2019 16:52;   Ko‘rilganligi: 2399
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/okdaryo-tumani-maktabgacha-talim-bulimida-tarbiyachilar-urtasida-ijodiy-kurgazmalar-kurik-tanlovi-utkazildi
Chop etilgan vaqti: 19/05/2021 05:33