Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo Pedagogika kollejida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova tomonidan, maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati, bolalarga berilayotgan ta'lim-tarbiya sifati, bolalarni dastlabki ta'lim-tarbiyasini rivojlantirish, jamoada tarbiyachilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda  ta'lim -tarbiya samaradorligini oshirish, noan'anaviy mashg‘ulotlarni tashkil etish,  faollik  markazlarini  jihozlanishi, tarbiyachilar faoliyati, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni  bartaraf  etish  yo‘llari, ta'lim –tarbiya sifatini ko‘tarish, bolalar bilan ishlash, tarbiyachining muomala madaniyati, mashg‘ulotlarda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash  metod va usullari  to‘g‘risida bo‘lim  mudiri  B.Asrorova o‘z fikrlarini  bildirdi.    

        Yig‘ilish yakunida bo‘lim mudiri tomonidan yuzaga kelgan muammolar,  ularni  hal etish choralari  yuzasidan tashkilot rahbarlariga  vazifalar taqsimlab  berildi  hamda   kelgusidagi  rejalar  belgilab  olindi.

Kiritilgan vaqti: 07/05/2021 07:43;   Ko‘rilganligi: 33
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-pedagogika-kollejida-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-mudiri-basrorova-tomonidan-maktabgacha-talim-tashkilotlari-faoliyati-bolalarga-berilayotgan-talim-tarbiya-sifati-bolalarni-dastlabki-talim-tarbiyasini-rivojlantirish-jamoada-tarbiyachilar-ortasid
Chop etilgan vaqti: 19/06/2021 09:54