Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tuman 4- sonli maktabgacha ta'lim muassasasida Navro‘z bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 4-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida “Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Yurtimizga butun tarovati,guzalligi bilan fasillar kelinchagi kirib keldi.Tabiatda yasharish va yangilanish mavsumini boshlab beradigan bu maftunkor fasl betakror bayramlar bilan yanada fayizli,jozibali va qalbimizga yaqindir.Serquyosh diyorimizda Navro‘z ayyomining keng nishonlanayotgani xam buni yorqin isbotlab turibdi.Ona tabiatni sevish va ardoqlash, xayot gultoji bulgan insonni qadirlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi yezgu g‘oyalarni uzida mujassam yetgan Navro‘z xalqimizning yeng qadimiy, asl milliy bayramidir. Asirlar davomida yel- yurtimizning oliyjanob orzu-intilishlarini ifoda yetib kelayotgan Navro‘z mustaqillik yillarida yangicha mano-mazmunga yega bulib, tom manoda umumxalq bayramiga aylandi, diyiladi Uzbekiston Respublikasi Prizdintining 2018 yilgi Navro‘z umimxalq bayramiga tayyoorgarlik kurish va uni utkazish tug‘risidagi qarorida.                                                                                        

Navro‘zning ijtimoiy hayotimizda uziga xos alohida urni, ahamiyati bor. Kecha bilan kunduz tenglashib, tabiatda uyg‘onish boshlanadigan Navro‘z xalqimizning boy manaviy merosi bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Bu umumxalq bayramining uch ming yillikdan ko‘proq tarixga yega ekanligi ham Sharq xalqlarining jaxon sivilizatsiyasida katta o‘rin tutganligining nishonasi sifatida qalbimizda cheksiz faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.

Shu munosabat bilan Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim muassasalarida xam Navro‘z umumxalq bayrami keng tarzda nishonlanmoqda.Xususan     2019 yil 19 mart kuni Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 4-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida “Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

            Bayramda Oqdaryo tuman hokimi F.Abilov, tuman hokimi o‘rinbosari M.Saidmurodov, Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, Bo‘lim tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasa mudiralari, tarbiyachi, ombor mudirlari, hamshiralar hamda 15 nafar oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasa mudiralariishtirok etishdilar. Tadbirni Oqdaryo tuman hokimi F.Abilov so‘zga chiqib bayram tantanani ochib berdi hamda tumandoshlarimizni yurtimizga kirib kelayotgan Navro‘z umumhalq bayrami bilan muborakbod etdi.

  Bayram davomida Oqdaryo tuman hokimi F.Abilov tomonidan 15 nafar tadbirkorlarga oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasa mudiralari ruxsatnomalar tarqatildi.

  Milliy an'analarimiz, qadriyatlarimiz albatta bayramga shukux bag‘ishlagan holda “Kelin salom” marosimlari ham namoyish etdilar.

  Bolajonlar tomonidan “Keldi baxor”, “Andijon polkasi”, “Yurtimda Navro‘z”, “Baxor valsi”, “Bobo dexqon” mavzularida qo‘shiq, raqs hamda ko‘rinishlar namoyish etildi.

  Tadbirda kelgan mehmonlarnialbatta ushbu chiqishlar va ko‘rinishlar xo‘shnid etdi.

  Ko‘p yillar davomida tumanimiz yosh bolajonlari qalbida egallagan, bilim saviyasiga o‘z xissasini qo‘shgan faxriy o‘qituvchilar taklif etilgan bo‘lib, Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan estalik sovg‘alar hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

  Bayram davomida muassasalar tomonidan sumalak tashkil etilgan bo‘lib. Sumalak atrofida kuy-qo‘shiqlar va namoyishlar etildi.

  Bayram so‘ngida Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan barcha maktabgacha ta'lim muassasalari faol, iqtidorli tarbiyachi, hamshira, ombor mudirlari faxriy yorliqlar hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Kiritilgan vaqti: 19/03/2019 14:24;   Ko‘rilganligi: 468
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tuman-4-sonli-maktabgacha-talim-muassasasida-navroz-bayrami-tadbiri-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 19/05/2021 05:38