Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tuman hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan 30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan tuman hokimligi tomonidan tumanimizning iste'dodli yoshlari qatori Sevinch Abdullayeva ham faxriy yorliq hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi

Ma'naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazishda Maktabgacha ta'lim tizimida ham ko‘plab islohatlar olib borilmoqda, tizimda milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalanayotgan, ilm olayotgan, tarbiyalanuvchilar juda ham ko‘p

Xuddi shunday jajji va iqtidorli yoshlarimizdan  biri Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 7-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining katta guruh tarbiyalanuvchisi  Abdullayeva Sevinch.  U boshqa tarbiyalanuvchilardan o‘z iqtidori, san'atga bo‘lgan qiziqishi, bilimi hamda tirishqoqligi bilan ajralib turadi:  U ko‘plab tanlovlarda ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.   Bugun  Oqdaryo tuman hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan 30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan tuman hokimligi tomonidan tumanimizning iste'dodli yoshlari qatori Sevinch Abdullayeva ham faxriy yorliq hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi


Kiritilgan vaqti: 02/07/2020 11:38;   Ko‘rilganligi: 137
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tuman-hokimligi-majlislar-zalida-otkazilgan-30-iyun-yoshlar-kuni-munosabati-bilan-tuman-hokimligi-tomonidan-tumanimizning-istedodli-yoshlari-qatori-sevinch-abdullaeva-ham-faxriy-yorliq-hamda-estalik-sovgalar-bilan-taqdirlandi
Chop etilgan vaqti: 19/05/2021 04:36