Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri Asrorova Baxtigul Abrorovnaning Ota-onalar va fuqarolarga yo‘llagan MUROJAATI

Assalomu alaykum, xurmatli Ota-onalar va Fuqarolar!

Biz sizlarga yo‘llayotgan Murojaatnoma, murakkab bir davrga to‘g‘ri kelmoqda.

Barchamiz yaxshi bilamizki, bugungi kunda butun insoniyat koronavirus pandemiyasi degan global ofatni boshidan o‘tkazmoqda. Afsuski, bu ofat butun insoniyat qatori xalqimiz irodasini yana bir bor sinovdan o‘tkazmoqda.

Xalqimizning bukilmas irodasi, fidokorona mehnati va matonati tufayli mavjud qiyinchiliklarni mardona yengib o‘tmoqdamiz.

Yurtimizda osoyishta hayot, barqaror iqtisodiy rivojlanish davom etmoqda.

Hurmatli Ota-onalar va Fuqarolar!

Mamalakatimizda bolalar kelajagimiz vorislari, millatimiz davomchilari sifatida e'zozlanadi.

Bir so‘z bilan aytganda, sog‘lom bola, sog‘lom avlod orzusi ajdodlarimizdan bizga o‘tib kelayotgan, qon-qonimizga singib ketgan azaliy intilishdir. Binobarin, Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, davlatimiz va jamiyatimizning qudrati va salohiyatini, butun borlig‘imiz va kuch g‘ayratimizni barkamol avlod tarbiyasiga safarbar etish uchun barcha sharoit va imkoniyatlarga egamiz.

Bunday yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan farzandlarimiz quvonchi cheksiz. Ayni damda ulardan baxtli inson bo‘lmasa kerak. Chunki bunday e'tibor yosh avlod qalbida Vatanga muxabbat tuyg‘usini kuchaytirib, o‘z yurti bilan faxrlanish hissini yuksaltiradi.

Muhtaram yurt boshimiz tashabbusi bilan ta'limning birlamchi va asosiy bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta'lim tizimi qayta isloh etilyapti. Zamonaviy talablarga mos, yangi bog‘chalarni qurishga, mavjudlarini ta'mirlashga alohida e'tibor qaratilyapti.

Bularning barchasi bolalarning maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrovini oshirib, ularning sog‘lom, aqlan yetuk bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratayotir. Har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta'minlaydigan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu sababli yurtimizda islohatlar ko‘lami maktabgacha ta'lim tizimidan  boshlandi. Bunda, avvalo, 3-7 yoshli maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'limga to‘liq qamrab olish, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilmoqda. Yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazish biz ta'lim sohasida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilar, murabbiylarning birinchi galdagi vazifamizdir. Chunki boladunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha bo‘lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi. Yosh avlodga maktabgacha ta'lim tizimida, sifatli ta'lim-tarbiya berib, ularni jismoniy va ma'naviy sog‘lom, vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun yurtimizda barcha kuch va imkoniyatlar yetarli. Lekin, davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilganligiga qaramay maktabgacha ta'lim tizimida kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda. Tizimda ishni to‘g‘ri tashkil etmaslik, ayrim rahbarlarda saviya va malaka yetishmasligi, korrupsiya holatlari, loqaydlik va beparvolik kabi nuqsonlar borligi sir emas.

Tumanimizda jami 123 ta, 28 ta davlat, 1 ta xususiy, 86 ta oilaviy nodavlat va 8 ta davalt-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda. Xususan 2017 yilda bolalarni maktabgacha ta'limga qamrovi 12 foiz bo‘lsa, xozirgi kunda 68 %ni tashkil etadi.

Rahbarlik vakolatimdan kelib chiqib, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bir oy muddatda bartaraf etish choralarini ko‘rishga va'da beraman.

So‘zimning yakunida shuni aytishimiz joizki, maktabgacha ta'lim tizimida hali qilganimizdan ko‘ra, qilishimiz lozim bo‘lgan muhum ustuvor vazifalar oldimizda turibdi. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy texnik bazasini mustahkamlash ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik va jismoniy rivojlanishi uchun zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayonida joriy etish, ularni maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish oldimizga qo‘ygan bosh maqsadimizdir. Chunki ertangi kunimiz va kelajagimiz aynan bugun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida voyaga yetayotgan, tarbiyalanayotgan jajji farzandlarimzga bog‘liqdir.

Muhtaram yurtboshimizning “Vatanimizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz-yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat”-degan so‘zlari rahbarlarga ulkan ishonch va ma'suliyat yuklaydi. Har birimizni yanada vatanparvarlikka chorlaydi.

Hurmatli Ota-onalar va Fuqarolar!

Maktabgacha ta'lim tizimi rahbarlari va xodimlari faoliyati davomida yo‘l qo‘yilgan noqonuniy holatlarda guvoh bo‘lib, asoslovchi dalillaringiz bo‘lganida ushbu ishonch telefon raqamiga murojaat qilishlaringizni so‘rayman.  

 

Asrorova Baxtigul Abrorovna - Tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri

Telegram raqami:     +998997357737

 

Farzandlarimiz tarbiyasida katta g‘ov bo‘lib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun boshlangan islohotlarimizni og‘ishmasdan davom ettirishga va'da beraman.

 

Doimo sog‘-omon bo‘lingizlar!

E'tiboringiz uchun raxmat!


Oxirgi o‘zgarish: 03/05/2021 14:52;   Ko‘rilganligi: 11
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-mudiri-asrorova-baxtigul-abrorovnaning-ota-onalar-va-fuqarolarga-yollagan-murojaati
Chop etilgan vaqti: 19/05/2021 05:41