Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri B.Asrorova tomonidan Oqdaryo Pedagogika kollejida tashkil etilgan maktab ta’limiga bepul bir yillik tayyorlov guruhlari faoliyati o’rganildi

2021 yil 29- aprel kuni  Oqdaryo tuman  maktabgacha ta'lim  bo'limi mudiri B.Asrorova tomonidan  Oqdaryo Pedagogika kollejida tashkil etilgan maktab ta’limiga  bepul  bir  yillik   tayyorlov guruhlari  faoliyati  o’rganildi. Pedagogika kollejida jami 3 ta  guruh bo’lib,  3 nafar  tarbiyachi va 3 nafar yordamchi tarbiyachi   faoliyat olib  bormoqda. 

Tarbiyalanuvchilarga  berilayotgan  sifatli  ta’lim –tarbiya jarayonlari  tarbiyachilar salohiyati,  Maktabgacha ta’lim  vazirining  2019 yil 30 avgustdagi 155- -sonli  buyrug’i  asosida  faoliyat yuritayotgan pedagoglar tomonidan  ish hujjatlarining  to’g’ri rasmiylashtirilganligi va  yuritilishida  ta’lim mazmuni samaradorligini  oshirishga qaratilganligi,  olib borilayotgan  ta’lim-tarbiya va metodik ishlarni zamon talablari asosida tashkil etilganligi,  mashg’ulot davomida  foydalanayotgan ko’rgazmali qulollari va tarbiyalanuvchilarning bilim, ko’nikmalari  savol- javoblar  orqali  tanqidiy  o’rganildi. O’rganish  davomida  bir qancha kamchiliklar   aniqlandi.  Yo’l qo’yilgan  kamchilklarni bartaraf etish  yo’llari,  ta’lim –tarbiya  sifatini  ko’tarish,  bolalar bilan ishlash, tarbiyachining muomala madaniyati,  mashg’ulotlarda  ilg’or pedagogik  texnologiyalarni qo’llab,  yangiliklar  yaratish  metodlari   xususida   bo’lim  mudiri tomonidan  ko’rsatma va   tavsiyalar berildi.


Kiritilgan vaqti: 30/04/2021 12:03;   Ko‘rilganligi: 111
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-mudiri-basrorova-tomonidan-oqdaryo-pedagogika-kollejida-tashkil-etilgan-maktab-talimiga-bepul-bir-yillik-tayyorlov-guruhlari-faoliyati-organildi
Chop etilgan vaqti: 02/12/2021 06:33