Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 5-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamshiralari va oshpazlari bilan suhbat o‘tkazdi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi  tasarrufidagi 5-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida   tuman  maktabgacha  ta'lim  bo‘limi mudiri B.Asrorova   maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamshiralari va oshpazlari bilan suhbat o‘tkazdi. Suhbat davomida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida karantin qoidalariga rioya qilish, tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va barkamol o‘sishini ta'minlash, oshxonalarda sifatli taomlar tayyorlash, taomlarni iste'mol qilish uchun gigiyenik talablarga rioya qilish,  tarbiyalanuvchilarda ovqatlantirish bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, tarbiyalanuvchilar o‘rtasida sog‘lom ovqatlantirish ko‘nikmalarini shakllantirish, taomlarni tayyorlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish hamda saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qat'iy rioya qilish, oshpazlar tomonidan taom tayyorlash jarayonida texnologiya va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi kabi masalalar  to‘g‘risida bo‘lim  mudiri  B.Asrorova o‘z fikr va takliflarini berdi.

Hamshiralar tomonidan Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarining bajarilishiga rioya qilinishi yuzasidan  savollar berildi. Savollarga  ma'sul xodimlar javob  berishdi.  

      Suhbat davomida bo‘lim mudiri tomonidan yuzaga kelgan muammolar,  ularni  hal etish choralari  yuzasidan tashkilot hamshiralariga vazifalar taqsimlab  berildi  hamda   kelgusidagi  rejalar  belgilab  olindi.


Kiritilgan vaqti: 25/05/2021 06:48;   Ko‘rilganligi: 25
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-tasarrufidagi-5-sonli-maktabgacha-talim-tashkilotida-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-mudiri-basrorova-maktabgacha-talim-tashkilotlari-hamshiralari-va-oshpazlari-bilan-suhbat-otkazdi
Chop etilgan vaqti: 19/06/2021 10:22