Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi “Millat xazinasi” nomli Davlat xususiy sherikligi asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotida amaliy seminar o‘tkazildi

Respublika  maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra 2020-yil 15-iyundan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari  faoliyati  boshlanishi munosabati bilan “Davlat sanitariya-epidemologik osoyishtalik markazi tavsiyalari asosida epidemiologik vaziyat davrida bog‘cha pedagog-xodimlarini va bolalarning salomatligini himoya qilish va bog‘chada mehnat jarayonini tashkil etish” mavzusida  amaliy seminar o‘tkazildi

Oqdaryo tuman  maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi “Millat xazinasi”  nomli Davlat xususiy sherikligi asosidagi    maktabgacha ta'lim  tashkilotida  joriy yilning 17- iyun kuni  bo‘lim mudiri  B.Asrorova, bo‘lim uslubchilari  va  Davlat xususiy sherikligi asosidagi 7ta, 2ta nodavlat, 63ta  oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim  tashkiloti rahbarlari hamkorligida  karantin yumshatilganligi munosabati  bilan Respublika  maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra 2020-yil 15-iyundan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari  faoliyati  boshlanishi munosabati bilan “Davlat sanitariya-epidemologik osoyishtalik markazi tavsiyalari asosida epidemiologik vaziyat davrida bog‘cha pedagog-xodimlarini va bolalarning salomatligini himoya qilish va bog‘chada mehnat jarayonini tashkil etish” mavzusida  amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda tashkilot shifokori Abrorov Shaxboz tomonidan

  -maktabgacha ta'lim tashkilotiga keladigan xodimlar va tarbiyalanuvchilarning tanasi va kiyimlari  yuzasini antiseptik bilan zararsizlantirish uchun Dezinfeksion tunnel o‘rnatish;

  -tashkilotning kirish joyiga teri antiseptiklari bilan ishlov berish jixozlarini qo‘yish;

  -tashkilotga kirish-chiqish qismida bolalarni to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  -guruhlar ichida ijtimoiy masofani saqlanishiga qat'iy rioya qilish;

  -umumiy foydalanish joylarini (hojatxona, umumiy ovqatlanish) antiseptik vositalari bilan ta'minlash;

  -har 2-4 soatda eshik tutqichlari, elektr o‘chirgichlar, tutqichlar, panjara, stol usti, stullar, jihozlarni zararsizlantirish;

  -xodimlarni  niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishini;

  -guruh xonalarini muntazam ravishda shamollatishni tashkil qilish (har 2 soatda yoki mashg‘ulotlar davomida kamida ikki marta).

  -ovqatlanish paytida ijtimoiy masofani saqlagan holda shaxmat usulida o‘tirishni tashkil etish, ovqatlanish vaqtini minimal tartibga solish ;

  -bog‘chaning xodimlari sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini;

  -xodimlarni sababsiz bog‘cha hududidan tashqariga chiqishlarini cheklash hamda begona shaxslarni bog‘cha hududiga kirishini ta'qiqlash kabi tavsiyalarni amaliy tarzda berib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga  to‘liq javob berdi.

            Bo‘lim mudiri tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotida ushbu talablarni bajarilishini, tavsiyalar va tartiblarga to‘liq amal qilinishini nazorat qilish hamda javobgarligiga  shaxsan tashkilot rahbari ma'sul ekanligi aytib o‘tildi.

             Ushbu seminardan barcha maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari o‘zlariga kerakli  ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.


Kiritilgan vaqti: 18/06/2020 08:13;   Ko‘rilganligi: 145
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tuman-maktabgacha-talim-bolimi-tasarrufidagi-millat-xazinasi-nomli-davlat-xususiy-sherikligi-asosidagi-maktabgacha-talim-tashkilotida-amaliy-seminar-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 18/05/2021 10:59