Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 30- sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida “Mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida samaradorlikka erishish yo‘llari” mavzusida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 30- sonli maktabgacha ta'lim  tashkilotida “Mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida samaradorlikka erishish yo‘llari” mavzusida  o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarga  maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari, barcha  davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari metodistlari  va tarbiyachilari  ishtirok etishdi.

30- sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari tomonidan har bir guruhda  ochiq  mashg‘ulotlar, 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab “ Bolalarga bering dunyoni “ mavzusida  tadbir o‘tkazildi. Bo‘lim metodistlari tomonidan  o‘quv treninglari  tashkil etildi. Tarbiyachilar o‘zaro bir-birlari bilan tajriba almashishdi. Seminar yakunida  bo‘lim mudir  o‘rinbosari M.Saidkamolova  tarbiyachilarga  ta'lim-tarbiya sifatini yanada  oshirish  yo‘llari, uslublari to‘g‘risida o‘z fikr va takliflarini berdi.


Kiritilgan vaqti: 02/06/2021 08:06;   Ko‘rilganligi: 18
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tuman-maktabgacha-talim-bolimiga-qarashli-30-sonli-maktabgacha-talim-tashkilotida-mashgulotlarni-otkazish-jarayonida-samaradorlikka-erishish-yollari-mavzusida-oquv-amaliy-seminar-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 19/06/2021 10:03