Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bulimi mudiri B.Asrorovaning"Har bir bolaning xayoti bu-kichkina mo‘jiza."nomli maqolasi

Vatanimizning kelajagi xalqimizning ertangi kuni mamlakatimizning jaxon xamjamiyatidagi obro‘-etibori, o‘z o‘rniga ega bo‘lishi avvalambor farzandlarimizning o‘nib, o‘sib, ulg‘ayib qanday inson bo‘lib xayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir xaqiqatni hech qachon unutmasligimiz zarur.

Har bir bolaning xayoti bu-kichkina mo‘jiza.

   Vatanimizning kelajagi xalqimizning ertangi kuni mamlakatimizning jaxon xamjamiyatidagi obro‘-etibori, o‘z o‘rniga ega bo‘lishi avvalambor farzandlarimizning o‘nib, o‘sib, ulg‘ayib qanday inson bo‘lib xayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir xaqiqatni hech qachon unutmasligimiz zarur.

   Kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, oilalarda mustahkamlanadi, sayqallanadi. Boshqacha qilib aytganda xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi, farzandlarimizning bugun qanday ta'lim tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, tarbiyachi va murabbiy, har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim deb qabul qilishimiz zarur. Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo‘lmaydi. Bu sharqona qarash, sharqona xayot falsafasidir.

   Bola eng avvalo oilada kamol topadi, rivojlanadi, maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya olib, maktab ta'limiga tayyorlanadi.

   Darxaqiqat farzandga beriladigan tarbiya dastlab oila muhitida bajariladigan eng asosiy vazifadir, oiladagi ma'naviy muhit va tarbiya tufayli bola yo mexribon va raximdil, yoki xudbin va bag‘ritosh bo‘lib o‘sadi.

     Shu o‘rinda bugungi kunda o‘zbek oilalarida mavjud bo‘lgan tarbiyadagi nuqsonlardan biri haqida aytishni lozim topdik. Yani ota-onalarning rad etish taqiqlash, ruxsat etmaslik asosidagi tarbiya usuli xatodir. Bunda bolalarninig xohish-istagi o‘y xayollari, orzu va intilishlari inobatga olinmaydi, natijada ularning erki cheklanadi. Bunday tarbiya usulida bolalar o‘z fikr mulohazalarini ochiq bayon eta olmaydigan, mustaqil qaror chiqara olmaydigan, muayyan vaziyatlarda o‘z nuqtai nazarini bildira olmaydigan jur'atsiz bo‘lib ulg‘ayadi.

   O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch” asarida aynan oilagina farzand tarbiyasida eng muhim maskan ekanligiga oid fikrlarni o‘qiymiz! Bu yorug‘ dunyoda xayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho na'mat bor. Farzand bor ekan odamzod xamisha ezgu orzu va intilishlari bilan yashaydi. “Oila sog‘lom ekan-jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan-mamlakat barqarordir”.

   Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalari pedagog xodimlari, murabbiy tarbiyachilarini oldiga qo‘yilgan eng dolzarb masalalardan biri bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlashda, komil inson qilib voyaga yetkazishda, ota-onalar bilan o‘zaro xamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jixatdan ko‘maklashish masalasidir.

    Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari oila bilan muntazam xamkorlik o‘rnata olishi uchun muassasada ota-onalar bilan maslahat soatlari o‘tkazib borish, xamkorlikni kuchaytirish maqsadida har bir maktabgacha ta'lim muassasasida “Ota-onalar muloqot xonasi” tashkil etilib undan samarali foydalanish kerak. Bunda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning ta'lim-tarbiyasiga oid muammolarni joyida hal etish, kelgusida rivojlantiruvchi fikrlar, taklif, muloxazalar bilan o‘rtoqlashish juda ahmiyatlidir. Shu jixatdan har bir guruhda ota-onalar qo‘mitasi faoliyatini jonlantirish va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish faol ota-onalarni kengash a'zolari etib saylash, maqsadli rejalar bilan ishlash, shu orqali ota-onalarni muassasadagi tashkiliy pedagogik ishlarga jalb etish barchaning fikr va takliflarini o‘rganib chiqish, umumlashtirish, keng ommaga asosli taqdim eta olish, ota-onalar o‘rtasida muloqotchanlikni oshirish, pedagogik madaniyatni shakllantirish bugungi kun talabi sanaladi.

   Shuningdek muassasada pedagogik jamoa va ota-onalar o‘rtasida xamjihatlikni ta'minlash va yuksak ma'naviyatni shakllantirishda “Maktabgacha ta'lim muassasasi kutubxonasi”ning o‘rni alohida axamiyatga sazovordir. Ota-onalarni kutubxonaga a'zo qilish orqali ularni kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, o‘z farzandlariga kitob o‘qib berish malakasini o‘stirish, zamon talabiga javob beradigan qulayliklar yaratish, muassasadagi kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishish va shu maqsadda “farzandimga kitob sovg‘a qilaman” nomli kitoblar ko‘rgazmasini tashkil etish samarali natija beradi.

   Maktabgacha ta'lim muassasalarida pedagogik jamoa, tarbiyachi murabbiy va ota-onalar o‘rtasida pedagogik targ‘ibot ishlarini amalga oshirish xamkorlik faoliyatini yanada mustahkamlaydi. Pedagog bolalarni oilada tarbiyalashning ilg‘or usullarini o‘rganib umumlashtiradi. Bundan ko‘rinadiki ota-onalar muassasa bilan xamkorlik chog‘ida aynan o‘z farzandining kelajagi uchun uning kelgusidagi porloq xayoti xaqida ta'lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanishi, qiziqishi juda ham muhim. Ertaga yanada mustahkam istiqbol rajalarni tuzish muassasadagi tarbiyalanuvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishini taminlaydi.

   Farzand-oila tayanchi. Oila esa-nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati. Shuningdek bashariyatning tirikligi, uzluksizligi-oiladandir.

     Har bir bolaning xayoti bu-kichkina mo‘jiza. Hatto barchadan farqli bola ham ota-onasiga quvonch olib kelishi, unga o‘zgacha zavq bag‘ishlashi mumkin. Buning uchun esa uning barcha kamchiliklari, o‘ziga xosligi-yu boshqalarga o‘xshamasligi bilan qabul qilinishining o‘zi kifoya.


Kiritilgan vaqti: 13/07/2018 08:57;   Ko‘rilganligi: 662
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tuman-maktabgacha-talim-bulimi-mudiri-basrorovaninghar-bir-bolaning-xayoti-bu-kichkina-mojizanomli-maqolasi
Chop etilgan vaqti: 30/07/2021 02:04