Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tumani "Kumushkent" qishlog‘idagi 18-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti qaytadan qurib, foydalanishga topshirildi.

Barcha qulayliklarga ega bo‘lgan mazkur binoning ishga tushishi mahalla ahli uchun katta shodiyonaga aylandi

Joriy yilgi investitsiya dasturi asosida eski bino o‘rnida ikki qavatli zamonaviy inshoot qad rostladi. Olib borilgan bunyodkorlik ishlariga 2 milliard 635 million so‘m mablag‘ sarflandi. O‘yin maydonchalari, oshxona, musiqa va sport zallari zamonaviy jihozlandi. 100 o‘ringa mo‘ljallangan tashkilotda ayni paytda 4 ta guruhda  jajji bolajonlar qamrab olingan bo‘lib, ta'lim-tarbiya jarayonini malakali tarbiyachi xodimlar olib bormoqda. Kundalik mashg‘ulotlardan tashqari bu yerda rus, ingliz tili, shaxmat, shashka to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yishni mo‘ljallangan. Bundan tashqari, bog‘chada oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli, xavfsiz va sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya qilingan holda tayyorlanishiga jiddiy e'tibor qaratiladi. Tarbiyalanuvchilarga belgilangan me'yorlarga muvofiq, sifatli, to‘yimli hamda foydali taom va yeguliklar tayyorlab beriladi. Tadbir so‘nggidagi jajji tarbiyalanuvchilarning musiqali chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.


Kiritilgan vaqti: 10/03/2020 15:27;   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tumani-kumushkent-qishlogidagi-18-sonli-maktabgacha-talim-tashkiloti-qaytadan-qurib-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 19:15