Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 10-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti qaytadan qurilib foydalanishga topshirildi

Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 10-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti qaytadan qurilib foydalanishga topshirildi.Tadbirga tuman hokimi Feruz Abilov, tuman hokimi o‘rinbosari M.Saidmurodov, tuman bo‘limi mudiri Baxtigul Asrorova, bo‘lim xodimlari,  mahalla raisi hamda  Jag‘altoy qishlog‘ining faol onaxon va otaxonlari va barcha maktabgacha ta'lim  tashkiloti mudiralari ishtirok etishdi.Tadbirni tuman hokimi F.Abilov ochib berdi. Qishloq aholisini va bolajolarni ushbu  maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish munosabati  bilan tabrikladi.  Mazkur maktabgacha ta'lim  tashkiloti  100  o‘ringa mo‘ljallangan, zamonaviy, davlat  talablari  asosida jihozlangan  tarbiyalanuvchilarni  sifatli ta'lim  tarbiya olishlari  uchun  barcha qulay shart  sharoitlar yaratilgan búlib, bundan tashkari 25 nafar xotin qizlarimiz bo‘sh ish o‘rni bilan taminlandi.


Kiritilgan vaqti: 18/02/2020 15:16;   Ko‘rilganligi: 33
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tumani-maktabgacha-talim-bolimi-tasarrufidagi-10-sonli-maktabgacha-talim-tashkiloti-qaytadan-qurilib-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 19:18