Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 4-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida 2019 yil 20-avgust kuni "Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari, Navro‘z mahallasi fuqorolar yig‘ini raisi J.Nurmonova, maxalla xotin qizlar bo‘yicha maslaxatchisi va MFY faollari, keng jamoatchilik vakillari va bolajonlarning ota onalari ishtirok etdilar. Tadbir qatnashchilari 4 –sonli Maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat olib borayotgan guruhlardagi ta'lim tarbiya jarayoni, rivojlantiruvchi markazlar faoliyati, chet tili to‘garaklari faoliyati, bolalarning sog‘lom ovqatlantirilishi axvoli , tibbiyot hamshirasi ish faoliyati , MTT da bolalarning o‘z vaqtida o‘ynashlari va ko‘ngilli dam olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi va davlatimiz rahbariga, farzandlarimizning sog‘lom va barkamol bo‘lib o‘sishlari, ta'lim tarbiya olishlari uchun yaratib bergan imkoniyat va sharoitlar uchun ko‘pdan ko‘p minnatdorchilik bildirishdi.

“Ochiq eshiklar” kuni munosabati bilan tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan 4-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan tayorlangan “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon” mavzusidagi bayram tadbiri namoyish etildi. Bolalar tomonidan namoyish etilgan kuy qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.

Kiritilgan vaqti: 20/08/2019 13:41;   Ko‘rilganligi: 427
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tumani-maktabgacha-talim-bolimi-tasarrufidagi-4-sonli-maktabgacha-talim-tashkilotida-2019-yil-20-avgust-kuni-ochiq-eshiklar-kuni-tadbiri-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 09/05/2021 14:37