Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 7-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida tumandagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 7-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida tumandagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

  Yig‘ilishda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari  va tumandagi 8 ta davlat hususiy sherikchiligi asosidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari  rahbarlari hamda 82 nafar oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari  qatnashdilar.Tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri tomonidan nodavlat maktabgacha ta'lim  tashkilotlari rahbarlariga MTTda yuritib boriladigan ish hujjatlari,bolalarni sog‘lom ovqatlantirish,ularni hayoti havfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida tavsiyalar berildi va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.


Kiritilgan vaqti: 02/02/2021 07:58;   Ko‘rilganligi: 47
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tumani-maktabgacha-talim-bolimi-tasarrufidagi-7-sonli-maktabgacha-talim-tashkilotida-tumandagi-nodavlat-maktabgacha-talim-tashkilotlari-rahbarlari-ishtirokida-kengaytirilgan-yigilish-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 18/05/2021 11:41