Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 7- sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida "Yosh rassomlar" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 7- sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida  4.5.7-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida "Yosh rassomlar" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Ushbu ko‘rik tanlovda 15 nafar tarbiyalanuvchilar ishtirok etib ular "Mening sevimli ertagim" mavzusi asosida rasm chizishdi. 7-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Abdullayeva Sevinch faxrli  birinchi o‘rinni egalladi,  ikkinchi o‘rinni 5-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Mamadaliyev Oybek,  uchinchi o‘rinni esa Baxodirov Mexroj  egallashdi va maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan  taqdirlanishdi.


Kiritilgan vaqti: 21/02/2020 13:55;   Ko‘rilganligi: 27
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tumani-maktabgacha-talim-bolimi-tasarrufidagi-7-sonli-maktabgacha-talim-tashkilotida-yosh-rassomlar-korik-tanlovi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 03/04/2020 19:27