Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tashabbusi bilan 2019 yil 13 aprel kuni Oqdaryo tuman musiqa va san'at maktabida “XAVAS QILING O‘ZBEKISTON BOLASIMIZ” shiori ostida qo‘shiqlar ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

2019- yil 13-aprel kuni, Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi yillik ish rejasiga asosan tumandagi maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Havas qiling O‘zbekiston bolasimiz” qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanovchi bolalarni xar tamonlama, intillektual axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, bolalardagi iste'dod qirralarini ochish, rivojlantirish xamda maktab ta'limiga sifatli tayyorlanishlarini ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018- yil 18- iyundagi 1-mh- sonli “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarini tasdiqlash xaqida”gi bo‘yrug‘i ijrosini bosqichma-bosqich ta'minlash maqsadida 2019- yil 13-aprel kuni, Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi yillik ish rejasiga asosan tumandagi maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Havas qiling O‘zbekiston bolasimiz” qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Ushbu ko‘rik tanlovda tumandagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining badiiy jamoalari faol ishtirok etishdi. Ko‘rik tanlovda bolalar tomonidan go‘zal O‘zbekistonimizning shon- shuxrati, milliy va madaniy merosi, go‘zal va maftunkor tabiati ,tog‘lari va mevazor bog‘larini madh etuvchi qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi.Ko‘rik-tanlovda tumandagi 3-4-,6-,8-,11-,13-,19-,24-,27-,30-sonli maktabgacha ta'lim muassasalarining bolajonlari ijro etgan qo‘shiq va raqslar barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi. Ushbu tadbirda tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova,tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari, maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari, pedagog xodimlari xamda musiqa raxbarlari ishtirok etishdi. Tadbir so‘ngida ko‘rik konkursda faol ishtirok etgan barcha ta'lim muassasalari badiy jamoalari bolajonlari faxriy yorliq va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Kiritilgan vaqti: 15/04/2019 07:15;   Ko‘rilganligi: 526
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tumani-maktabgacha-talim-bolimi-tashabbusi-bilan-2019-yil-13-aprel-kuni-oqdaryo-tuman-musiqa-va-sanat-maktabida-xavas-qiling-ozbekiston-bolasimiz-shiori-ostida-qoshiqlar-korik-tanlovi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 19/05/2021 05:56