Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan 2019 yil 30 avgust kuni Oqdaryo tumani 14-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan "Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!" shiori ostida an'anaviy avgust kengashining yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan 2019 yil 30 avgust kuni Oqdaryo tumani 14-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan "Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!" shiori ostida an'anaviy avgust kengashining yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Anjumanni tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri ochdi va olib bordi. Oqdaryo tuman hokimi F.Abilovga so‘zi davomida tuman maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilgan ulkan islohotlar natijasida erishilgan yutuqlarini alohida ta'kidladi va shu sohada mehnat qilayotgan barcha jonkuyar xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Yangi o‘quv yilida maktabgacha ta'lim tizimini yanada rivojlantirish borasida barcha maktabgacha ta'lim sohasidagi xodimlarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan 2019 yil 30 avgust kuni Oqdaryo tumani 14-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan "Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!" shiori ostida an'anaviy avgust kengashining yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Anjumanni tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri ochdi va olib bordi. Oqdaryo tuman hokimi F.Abilovga so‘zi davomida tuman maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilgan ulkan islohotlar natijasida erishilgan yutuqlarini alohida ta'kidladi va shu sohada mehnat qilayotgan barcha jonkuyar xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Yangi o‘quv yilida maktabgacha ta'lim tizimini yanada rivojlantirish borasida barcha maktabgacha ta'lim sohasidagi xodimlarga muvaffaqiyatlar tiladi. Tuman maktabgacha ta'lim bo‘lim mudiri 2018/2019 o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlari hamda yangi o‘quv yilida maktabgacha ta'lim bo‘limining o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari haqida tanishtirib o‘tdi. Anjuman davomida maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shayotganligi uchun Davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta'lim muassasalari tadbirkorlari hamda davlat maktabgacha ta'lim tashkilot rahbarlari, pedagog tarbiyachilariga maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan estalik sovg‘alari, faxriy yorliqlar topshirildi. Avgust konferensiyasida tashkilotlarda tarbiyalanayotganlar tomonidan bayram dasturlari namoyish etildi. Bayramona tarzda o‘tgan ushbu konferensiya barchani xushnud etdi.


Kiritilgan vaqti: 05/09/2019 08:12;   Ko‘rilganligi: 469
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tumani-maktabgacha-talim-bolimi-tomonidan-2019-yil-30-avgust-kuni-oqdaryo-tumani-14-sonli-bolalar-musiqa-va-sanat-maktabida-ozbekiston-respublikasi-mustaqilligining-yigirma-sakkiz-yilligi-munosabati-bilan-jonajon-ozbekistonim-mangu-bol-omon-shiori
Chop etilgan vaqti: 18/05/2021 11:23