Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

OQDARYO TUMANIDA 28-29 MART KUNLARI 3 TA OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADILAR

Joriy yilning 28-29 mart kunlari tumanimizdagi Galaravot MFYda tashabbuskor –tadbirkor Abdiyeva Muyassar tomonidan “Navro‘z” nomli, Temirak MFYda tashabbuskor-tadbirkor Abdullayeva Adolat tomonidan “Adolat Ona” nomli va Oqdaryo MFYda tashabbuskor-tadbirkor Usmonov G‘ulom tomonidan “Charos” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydilar.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyuldagi “Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tashabbuskor-tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlagan holda Oqdaryo tumanida 3 ta Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini boshlash uchun tuman hokimligi tomonidan ruxsatnomalar berildi. Joriy yilning 28-29 mart kunlari tumanimizdagi Galaravot MFYda tashabbuskor –tadbirkor Abdiyeva Muyassar tomonidan “Navro‘z” nomli, Temirak MFYda tashabbuskor-tadbirkor Abdullayeva Adolat tomonidan “Adolat Ona” nomli va Oqdaryo MFYda tashabbuskor-tadbirkor Usmonov G‘ulom tomonidan “Charos” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydilar.   Faoliyati boshlangan mazkur oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida 75 nafar bolalar ta'lim-tarbiya olishni boshladilar. Bolalarning yuzidagi tabassum, ularning xursandchiligidan bugungi kunda muxtaram Prezidentimizning maktabgacha ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratayotganligidan dalolatdir. Tadbirlarda maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri, mahalla raisi, mahalla faollari va maktabgacha ta'lim bo‘limi hamda maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari qatnashdilar. Mahalla oqsoqollari ushbu oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda faoliyati davomiyligiga katta ishonch bildirdilar.


Kiritilgan vaqti: 30/03/2019 08:06;   Ko‘rilganligi: 383
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tumanida-28-29-mart-kunlari-3-ta-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasalari-oz-faoliyatini-boshladilar
Chop etilgan vaqti: 19/05/2021 05:32