Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

OQDARYO TUMANIDA 3 TA OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI

OQDARYO TUMANIDA 25 MART KUNI 3 TA OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI.

Bugungi kunda viloyatimizda nodavlat, davlat-xususiy sherikchilik hamda oilaviy maktabgacha ta'lim muassasalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Tashabbuskor-tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlagan holda Oqdaryo tumanida 3 ta Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini boshlash uchun tuman hokimligi tomonidan ruxsatnomalar berildi. 25 martda tumanimizdagi Bozorjoy MFYda tashabbuskor –tadbirkor Muzaffarova Shaxnoza tomonidan “Lola” nomli, Temirak MFYda tashabbuskor-tadbirkor Bozorova Shaxlo tomonidan “G‘uncha” nomli va Uzunqishloq MFYda tashabbuskor-tadbirkor Raimova Dildora tomonidan “Charos” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etildi. Tashkil etilgan mazkur oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida 75 nafar bolalar ta'lim-tarbiya olishni boshladilar. Bolalarning yuzidagi tabassum, ularning xursandchiligidan bugungi kunda muxtaram Prezidentimizning maktabgacha ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratayotganligidan dalolatdir.


Kiritilgan vaqti: 26/03/2019 10:09;   Ko‘rilganligi: 417
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tumanida-3-ta-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasalari-oz-faoliyatini-boshladi
Chop etilgan vaqti: 19/05/2021 05:45