Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tumanida “Sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish oyligi” o‘tkazildi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 22-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida  “Sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish oyligi” o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklarining joriy yil 27 fevral kuni 2/36-sonli maktabgacha ta'lim muassasalarida “Sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi qo‘shma qarori ijrosi yuzasidan Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 22-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida joriy yilning 15 mart kuni hamshiralar uchun o‘quv seminari tashkil etish rejalashtirildi.

Mazkur o‘quv seminari yuqori saviyada samarali o‘tkazildi. Tadbirda Tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudir, maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari, Tuman DSENM mas'ul xodimlari hamda “Oqdaryo ovozi” gazetasidan bir guruh muxbirlar ishtirok etdilar.


Kiritilgan vaqti: 18/03/2019 06:49;   Ko‘rilganligi: 389
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tumanida-soglom-ovqatlanishni-tashkil-etish-oyligi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 09/05/2021 13:48