Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tumanida yana bitta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Vatanimizda farzandlarimizning har tomonlama barkamol, ilmli, dono va iqtidorli bo‘lib yetishlari uchun maktabgacha ta'lim tizimiga alohida e'tibor qaratilayotgani barchamizga ma'lum. Joriy yilning  30 dekabr kuni Oqdaryo tumani Oytamg‘ali  mahalla fuqarolar yig‘inida 120 o‘rinli 34-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda tuman hokimi N.Sulaymonov, tuman hokimi o‘rinbosar  S.Luqmonov, Maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri, sektor rahbarlari, mahalla oqsoqollari, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari hamda tumandagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etishdilar.

Tadbirni tuman hokimi N.Sulaymonov ochib berib, mahalla ahlini va maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirilganligi bilan tabrikladi. Foydalanishga topshirilgan 34-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti loyiha qiymati 2 600 millionni tashkil etib, bugungi kunda tashkilotda  bolajonlar uchun barcha qulayliklar, shart-sharoitlar yaratilgan hamda zamonay jixozlar bilan ta'minlagan. Tadbir davomida bolajonlar tomonidan ijro etilgan ashula va raqslar tadbir qatnashchilariga manzur bo‘ldi.

Ushbu 34-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining yangi yil bayramida foydalanishga topshirilishi bolajonlarga yana bir ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Kiritilgan vaqti: 07/01/2021 06:04;   Ko‘rilganligi: 74
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tumanida-yana-bitta-davlat-maktabgacha-talim-tashkiloti-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 18/05/2021 11:55