Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryo tumanida yana bitta yangi davlat maktabgacha ta'lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi.

Oqdaryo tumani Avazli mahalla fuqarolar yig‘ini Avazali qishlog‘ida tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan bo‘sh turgan bino qayta qurilib yangi 100 o‘rinli maktabgacha ta'lim muassasasi sifatida foydalanishga topshirildi.

Oqdaryo tumani Avazli mahalla fuqarolar yig‘ini Avazali qishlog‘ida tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan bo‘sh turgan bino qayta qurilib yangi 100 o‘rinli maktabgacha ta'lim muassasasi sifatida foydalanishga topshirildi.

Ushbu maktabgacha ta'lim muassasasiga tumandagi 3-7 yoshli 150 nafar bolalar qamrab olindi. 26 ta ish o‘rinlari yaratildi va 26 nafar fuqaro ish bilan ta'minlandi. Mazkur muassasa tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufiga o‘tkazilib 16-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi maqomiga ega bo‘ldi. 16-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi xisobiga tumanda 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta'limga qamrab olish foizi 27,6 % (foiz)ga oshdi.

Avazali mahalla fuqarolar yig‘inida shu kunga qadar maktabgacha ta'lim muassasasi mavjud emas edi. Qishloq aholisi ushbu maktabgacha ta'lim muassasa ochilishidan boshlari osmonga yetdilar. Bolalarning yuzidagi tabassum va xursandchiliklarining cheki yo‘q. Mazkur tadbirni tuman hokimi F.N.Abilov ochib berdi. Tadbirda 2-sektor rahbari S.Yusupov, 3-sektor rahbari B.Ibragimov, 4-sektor rahbari G‘.Xamrayev, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari, tashabbuskor-tadbirkorlar va maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari hamda maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari qatnashdilar.


Kiritilgan vaqti: 05/04/2019 12:29;   Ko‘rilganligi: 439
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tumanida-yana-bitta-yangi-davlat-maktabgacha-talim-muassasasi-oz-faoliyatini-boshladi
Chop etilgan vaqti: 18/05/2021 10:16