Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

OQDARYO TUMANIDA YANA UCHTA OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyuldagi “Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tashabbuskor-tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlagan holda Oqdaryo tumanida uchta Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini boshlash uchun tuman hokimligi tomonidan ruxsatnomalar berildi.            Tumanimizdagi Galaravot MFYda tashabbuskor –tadbirkor Narziqulova Gulbahor tomonidan  “Bahor” nomli, Yangiobod MFYda tashabbuskor-tadbirkor Rashidova Ruxsora tomonidan “Orasta” nomli va  MFYda tashabbuskor-tadbirkor  Eshonqulova Marxabo tomonidan “Shirina” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydilar.    Faoliyati boshlangan mazkur oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida 75 nafar bolalar ta'lim-tarbiya olishni boshladilar. Bolalarning yuzidagi tabassum, ularning xursandchiligidan bugungi kunda muxtaram Prezidentimizning maktabgacha ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratayotganligidan dalolatdir. Tadbirlarda maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri, mahalla raisi, mahalla faollari va maktabgacha ta'lim bo‘limi hamda maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari qatnashdilar. Mahalla oqsoqollari ushbu oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi kelajagimiz davomchilari bo‘lmish yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida takidlab o‘tishdilar.


Kiritilgan vaqti: 05/04/2019 13:39;   Ko‘rilganligi: 444
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryo-tumanida-yana-uchta-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasalari-oz-faoliyatini-boshladi
Chop etilgan vaqti: 19/05/2021 04:54