Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Oqdaryoda investitsiya dasturi asosida 2 ta yangi MTT qurilmoqda.

O‘sib kelayotgan avlodning har tomonlama yetuk, bilimli, intellektual jihatdan kuchli, ma'nan va aqlan sog‘lom  bo‘lib ulg‘ayishlarida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining roli beqiyos

Zamonaviy, jahon talablari asosida qurilayotgan maktabgacha ta'lim muassasalarida kelajagimiz bunyodkorlari uchun yetarli sharoitlar yaratilib, bu ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Yurtimizda yoshlarning kelajagiga qaratilayotgan e'tibor,  ta'lim tizimida istiqbolli dasturlar asosida olib borilayotgan amaliy ishlar  Vatan, jamiyat taraqqiyoti yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Viloyatimizning Okdaryo tumanida bugungi kunda 28 ta davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti, 7ta davlat xususiy sherikchilik, 2 ta xususiy  va 61 ta oilaviy bog‘chalar  mavjud. 3-7 yoshlilar tumanda 12787 nafar. Shundan 6435 nafari maktabgacha ta'limga jalb etilgan bo‘lib qamrov 51, 4 foizni tashkil etadi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 yanvardagi “2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ -  4565 Qaroriga muvofiq tumanda investitsiya dasturi asosida qurilish ishlari tugatilib  2 ta davlat MTT o‘z faoliyatini boshlaydi. Ayni kunlarda qurilish ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda. Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Rahmonov mazkur qurilish jarayonlari bilan tanishib, zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish borasida o‘z takliflarini berdi.

Tumandagi “Oytamgali” MFYda 120 o‘rinli  34-DMTT “Gashsan Laziz” MCHJ,   “Okdaryo” MFYda  120 o‘rinli  24-DMTT “Quruvchi bunyodkor-servis” MCHJ xususiy korxonalari tomonidan bunyod etilmoqda.

Mazkur Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotlari joriy yilning sentyabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.


Kiritilgan vaqti: 24/06/2020 10:36;   Ko‘rilganligi: 143
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/oqdaryoda-investitsiya-dasturi-asosida-2-ta-yangi-mtt-qurilmoqda
Chop etilgan vaqti: 18/05/2021 11:47