Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich Oqdaryo tumaniga tashrifi jarayonida “Millat xazinasi” nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga va "Shaxzodaning bolalik podsholigi" deb nomlangan Davlat xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilayotgan maktabgacha talim tashkilotlpriga xam bordi.

Maktabgacha talim Vaziri úrinbosari Maksudjon Yuldoshev Abdullayevich Okdaryo tumanidagi 100 úringa múljallangan "Shaxzodaning bolalik podsholigi" deb nomlangan Davlat xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilayotgan maktabgacha talim tashkilotiga xam bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash, maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri o‘rinbosari Yuldashev Maqsudjon Abdullayevich  Oqdaryo tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi  davlat sherikchilik asosida tashkil etilgan  “Millat xazinasi” nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga tashrif buyurdi. Ushbu tashkilot zamonaviy qo‘rilishga ega ekanligi, bugungi kunda bolajonlarga kelajagi porloq bo‘lishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi bilan tanishib o‘tdi. M.Abdullayevich ushbu  davlat sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta'lim tashkiloti to‘g‘risida o‘zini fikr-mulohazalarini bildirib, taklif va tavsiyalarni aytib o‘tdi.


Kiritilgan vaqti: 21/08/2019 14:58;   Ko‘rilganligi: 310
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/ozbekiston-respublikasi-maktabgacha-talim-vaziri-orinbosari-yuldashev-maqsudjon-abdullaevich-oqdaryo-tumaniga-tashrifi-jarayonida-millat-xazinasi-nodavlat-maktabgacha-talim-tashkilotiga-va-shaxzodaning-bolalik-podsholigi-deb-nomlangan-davlat-xususiy-sheri
Chop etilgan vaqti: 19/05/2021 06:32