Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Professional ta'lim tizimida dual ta'limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Oqdaryo Pedagogika kollejida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi bilan hamkorlikda karantin qoidalariga amal qilgan holatda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29-martdagi 163-sonli “Professional ta'lim tizimida dual ta'limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Oqdaryo Pedagogika kolleji direktori M.Saidmurodov, maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, maktabgacha ta'lim bo‘limi mutaxassislari, tashkilot direktorlari, metodistlari, hamshiralari va oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi .

Seminarda 163-sonli qaror mazmun-mohiyati kollej o‘qituvchisi Murodqosimov Fazliddin tomonidan slaydlar asosida keng yoritib berildi. Qaror yuzasidan muzokaralar va savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga kollej direktori M.Saidmurodov va bo‘lim mudiri B.Asrorovalar  javob berishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.


Kiritilgan vaqti: 22/04/2021 07:07;   Ko‘rilganligi: 18
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/professional-talim-tizimida-dual-talimni-tashkil-etish-chora-tadbirlari-togrisida
Chop etilgan vaqti: 19/05/2021 05:12