Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

QANOAT VA SHUKRONALIK OYIDA SAXOVATLI BO‘LAYLIK!

Hayotimizda muqaddas Ramazon oyi davom etmoqda. Xalqimizning ma'naviy-ruhiy hayotida alohida o‘rin tutuvchi muborak  oyning mohiyatida  insoniylik, ezgulik, ma'naviy poklik  fazilatlari  mujassamdir.  Bu oy jamiyatimizda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, el-yurtimizga xos ezgu xislatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lashda  muhim  ahamiyatga ega. Shunday  sinovli kunlarda  ham   Muqaddas islom dinining besh farzidan biri bo‘lgan bu oy ruknlarini   yurtdoshlarimiz uylarida  emin-erkin, qanoat va shukronalik  bilan  ado  etib kelmoqdalar.

QANOAT VA SHUKRONALIK OYIDA SAXOVATLI BO‘LAYLIK!

       Hayotimizda muqaddas Ramazon oyi davom etmoqda. Xalqimizning ma'naviy-ruhiy hayotida alohida o‘rin tutuvchi muborak  oyning mohiyatida  insoniylik, ezgulik, ma'naviy poklik  fazilatlari  mujassamdir.  Bu oy jamiyatimizda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, el-yurtimizga xos ezgu xislatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lashda  muhim  ahamiyatga ega. Shunday  sinovli kunlarda  ham   Muqaddas islom dinining besh farzidan biri bo‘lgan bu oy ruknlarini   yurtdoshlarimiz uylarida  emin-erkin, qanoat va shukronalik  bilan  ado  etib kelmoqdalar.

          Ramazon oyi ro‘zasi kishini sabr-qanoatga o‘rgatadi. Chunki, inson komilligi  avvalo, uning fazilatlariga bog‘liq. Imon taqozo qilgan shukronalik, halimlik kabi yaxshi xulqlar sabrda mujassamdir. Bu oy - tarbiya oyi hamdir. U insonlarni yolg‘onchilik, g‘iybatchilik, fisqu fasod ishlardan  qaytarib, halollikka, mehnatsevarlikka, xushmuomalalikka o‘rgatadi.  Har bir oilada  sog‘lom turmush tarzini , sog‘lom muhitni targ‘ib qiladi. Ramazon oyining yana bir muhim fazilati – bu sahovatdir. Ushbu oyda milliy qadriyatlarimiz va an'analarimiz, saxovat kabi insonparvarlik  tuyg‘ularimiz  yanada  kengroq  namoyon  bo‘ladi. Azal-azaldan ushbu muborak oyda yordam va ko‘makka muhtoj insonlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlangan, yaxshi qo‘ni-qo‘shnichilik, qarindoshlik haqlariga mukammal  rioya  qilish, mahalla-kuyda  bir-biriga yordam berish , bemorlar holidan xabar olish, keksalarni yo‘qlash, ko‘makka muhtoj kishilarni qo‘llab-quvvatlash, bolalarga hadyalar berish go‘zal urf-odatlarimizdan hisoblanib kelingan .

            Ramazon – bundan tashqari , shunday  qadrli  va  g‘animat oydirki, unda tutilgan ro‘zaning savobini  bevosita  Alloh taoloning o‘zi beradi, ushbu oyda jannat darvozalari ochiladi, gunohlar mag‘firat qilinadi, rahm-shafqat ko‘rsatiladi.  O‘zaro  birdamlik, mehribonlik ko‘rsatiladigan, ushbu oyda insonlar bir-birlari haqida qayg‘urib, xato-kamchiliklarini kechirib, xayrli  ishlarda  hamkorlik  qilinadigan, musulmonlar bir-birini qo‘llab, qariyalar  ziyorat  qilinadigan, musibatli  insonlardan ko‘ngil so‘ralib,  yetimlarga har  tomonlama ko‘mak beriladigan muqaddas oydir.

             Bu jihat  mamlakatimizda  olib  borilayotgan  kuchli ijtimoiy himoya siyosatiga ham bevosita chambarchas bog‘liqdir. Hayotimiz ko‘rki, jamiyatimiz fayzi o‘zaro ahil-inoqlikda. Musulmonlar uchun ma'naviy poklanish va asrlar davomida shakllangan qadriyatlarimizga intilish, insonlar bir biriga mehr-oqibat ko‘rsatishga, savobli ishlarni qilishga oshiqadigan ushbu oyda Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan “Sahovat va koʻmak” harakati doirasida ko‘plab ehtiyojmand oilalarga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatilmoqda. Ulug‘ ayyom kunlarida saxovatpesha hamyurtlarimizni ushbu umumxalq harakati yanada birlashtirmoqda.

             Shu bois Yurtboshimiz xalqimizning tarixiy va ma'naviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda, “Sahovat va ko‘mak” umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari surdi.  Bu umumxalq harakatining yo‘lga qo‘yilishi xalqimiz turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu ezgu sa'y-harakatning muborak Ramazon oyida amalga oshirilishida ham juda katta ma'no mujassam. Zero bu ayyomda amalga oshiriladigan ehson va xayriyalar manzilli bo‘ladi. Shu bois xayrli tashabbus  qanot  yoyishi uchun  har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak.

            Muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazishimiz  uchun  Yaratgandan barchamizga kuch-quvvat  va sabr-qanoat tilab qolaman.  Yurtimiz tinch, xayotimiz farovon, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

   

Oqdaryo tuman Maktabgacha ta'lim            

bo‘limi mudiri: Asrorova Baxtigul Abrorovna


Kiritilgan vaqti: 28/05/2020 08:30;   Ko‘rilganligi: 165
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/qanoat-va-shukronalik-oyida-saxovatli-bolaylik
Chop etilgan vaqti: 18/05/2021 10:14