Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

“Sog‘lom avlod-sog‘lom kelajak” mavzusida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

2021-yil 30-yanvar  tuman maktabgacha ta'lim  bo‘limi va sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi  markazi xodimlari hamkorligida  barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining  hamshiralari va oshpazlariga  “Sog‘lom avlod-sog‘lom kelajak” mavzusida  o‘quv  amaliy seminar  bo‘lib o‘tdi.

2021-yil 30-yanvar  tuman maktabgacha ta'lim  bo‘limi va sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi  markazi xodimlari hamkorligida  barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining  hamshiralari va oshpazlariga  “Sog‘lom avlod-sog‘lom kelajak” mavzusida  o‘quv  amaliy seminar  bo‘lib o‘tdi. Seminarda  maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri           B. Asrorova  va SEO  markazi rahbari  B.Markayevlar ishtirok etishdi.  Seminarda  maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, foydalaniladigan texnologik jihozlar, taomnomalarning xilma-xilligi, oshxona va omborxonaning sanitariya qoidalari, oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli saqlanish qoidalariga amal qilinishi hamda  oshxonalarda  sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarning bajarilishiga rioya qilinishi yuzasidan  mutaxassislar tomonidan tushunchalar berildi.


Kiritilgan vaqti: 01/02/2021 15:24;   Ko‘rilganligi: 53
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/soglom-avlod-soglom-kelajak-mavzusida-oquv-amaliy-seminar-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 14/05/2021 22:39