Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Bolajonlar uchun ajoyib sovg‘a

Farzadlarimiz har tomonlama barkamol, ilmli, dono va iqtidorli bo‘lib yetishlari uchun vatanimizda maktabgacha ta'lim tizimiga alohida e'tibor qaratilayotgani yurtimizning barcha jabhalarida namoyon bo‘lmoqda. Bizning tumanimiz bolajonlariga ham bu yil omadli keldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Farzadlarimiz har tomonlama barkamol, ilmli, dono va iqtidorli bo‘lib yetishlari uchun vatanimizda maktabgacha ta'lim tizimiga alohida e'tibor qaratilayotgani yurtimizning barcha jabhalarida namoyon bo‘lmoqda. Bizning tumanimiz bolajonlariga ham bu yil omadli keldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. So‘zimizning isboti sifatida, bugun Po‘latdarxon mahalla fuqarolar yig‘inida 100 o‘rinli Davlat sherikchiligi asosidagi "Shahzodaning bolalik podsholigi" nomli maktabgacha ta'lim muassasasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Samarkand viloyat hokimi urinbosari R.Qobilov, tuman hokimi F.Abilov hamda tumandagi barcha maktabgacha ta'lim muassasa mudiralari ishtirok etishdi. Yangi muassasaning ochilishi nafaqat bolajonlarni, balkim 22 nafar ish o‘rni bilan ta'minlangan xotin-qizlarni ham xursand qildi.

Kiritilgan vaqti: 15/08/2019 21:10;   Ko‘rilganligi: 255
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/sohib1565890607/bolajonlar-uchun-ajoyib-sovga
Chop etilgan vaqti: 18/05/2021 11:19