Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Talaba qizlar o‘rtasida “Mohir tarbiyachi” bellashuvi o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo pedagogika kollejida talaba qizlar o‘rtasida “Mohir tarbiyachi” deb nomlangan bellashuv o‘tkazildi. Tadbirda zukko talaba qizlar 5 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar

Hamkor tashkilotlar rahbarlaridan iborat hakamlar hay'ati qizlarning chiqishlarini odillik bilan baholab borishdi. Tadbir yakunida bellashuv g‘oliblariga kollej ma'muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.


Kiritilgan vaqti: 27/04/2021 06:17;   Ko‘rilganligi: 22
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/talaba-qizlar-ortasida-mohir-tarbiyachi-bellashuvi-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 19/05/2021 05:02