Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Ta'lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazdi

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova  tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlari  metodistlari va  tarbiyachilari  bilan  tashkilotning  o‘quv-metodik faoliyati,   ilk va maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  rivojlanishiga  qo‘yiladigan  Davlat talablari,  “Ilk qadam “  o‘quv dasturi va variativ  dasturlar,  ta'lim-tarbiya jarayonida  zamonaviy  axborot texnologiyalaridan  foydalanish   yuzasidan davra suhbati  o‘tkazdi.

Suhbat jarayonida  tashkilot metodistlari va tajribali tarbiyachilar  ta'lim sifatini yanada oshirish  yuzasidan  o‘zlarining bir nechta  takliflarini  berdi. Bo‘lim mudiri tomonidan berilgan takliflar inobatga olinib,  ta'lim-tarbiya jarayonida  yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va muammolarni  bartaraf etish  bo‘yicha   topshiriqlar  va vazifalar  belgilab  berildi.


Kiritilgan vaqti: 22/06/2021 15:29;   Ko‘rilganligi: 87
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/talim-sifatini-yanada-oshirish-boyicha-davra-suhbati-otkazdi
Chop etilgan vaqti: 25/01/2022 01:53