Samarqand viloyati Oqdaryo tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishda faollik markazlarining ahamiyati

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 5- sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida  2021 yil 19- fevral kuni " Ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishda faollik markazlarining ahamiyati" mavzusida  amaliy o‘quv seminari  bo‘lib  o‘tdi. Seminarga tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, mudir o‘rinbosari M.Saidkamolova, shu'ba mudirlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va tarbiyachilari ishtirok etishdi.

Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 5- sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida  2021 yil 19- fevral kuni " Ta'lim -tarbiya samaradorligini oshirishda faollik markazlarining ahamiyati" mavzusida  amaliy o‘quv seminari  bo‘lib  o‘tdi. Seminarga tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri B.Asrorova, mudir o‘rinbosari M.Saidkamolova, shu'ba mudirlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va tarbiyachilari ishtirok etishdi. Seminarda 5-sonli MTT tarbiyachilari tomonidan noan'anaviy mashg‘ulotlar, faollik markazlarining jihozlanishi va tarbiyachilar tomonidan tayyorlangan qo‘l mehnatlari, ko‘rgazmalar namoyish  etildi.  Barcha ishtirokchilar  bilan  faollik  markazlarini  jihozlash, mashg‘ulotlarni o‘tish  jarayonida samaradorlikka erishish yo‘llari mavzusida savol-javoblar o‘tkazildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tajribali  metodistlar,  MTT direktorlari va tarbiyachilar javob berishdi.  Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni  bartaraf  etish  yo‘llari, ta'lim –tarbiya sifatini ko‘tarish, bolalar bilan ishlash, tarbiyachining muomala va kiyinish madaniyati, mashg‘ulotlarda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘lla, yangiliklar  yaratish  metod va usullari  xususida bo‘lim  mudiri  B.Asrorova o‘z fikr va takliflarini berdi.


Kiritilgan vaqti: 22/02/2021 06:09;   Ko‘rilganligi: 39
 
Material manzili: http://oqdaryomtb.uz/oz/news/talim-tarbiya-samaradorligini-oshirishda-faollik-markazlarining-ahamiyati
Chop etilgan vaqti: 09/05/2021 14:04